
V Tashkent Marketing Forum 2027 dasturi
Xalqaro marketing konferensiyasi. Mintaqadagi eng yiriklaridan biri, marketingning oltita asosiy yo‘nalishi bo‘yicha. 50 dan ortiq spiker so‘nggi trendlar haqida gapirib beradi, real keyslarni tahlil qiladi va o‘z ishingizda darhol qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy vositalarni taklif etadi.
«Yil marketingi» yillik yarmarkasi. Bozorning eng yaxshi yechimlari, servislari va pudratchilari bir maydonda. Bu yerda hamkorlar topish, takliflarni solishtirish va hamkorlik haqida bevosita kelishib olish mumkin.
Tashkent Marketing Awards marosimi. Mukofotlarni forum hamkorlari, TOP-50 marketolog, shuningdek, sertifikatlashdan o‘tgan marketing agentliklari oladi. Ishtirokchilar uchun bu professional darajaning e’tirofi hamda mijozlar va ish beruvchilar oldida kuchli dalildir.

Forumga nima uchun kelish kerak?
Bir qadam oldinda
2027-yilda qaysi kanallar, vositalar va yondashuvlar natija berishini birinchilardan bo‘lib bilib oling va ularni raqobatchilardan oldinroq qo‘llashni boshlang.
Top-ekspertlar
50 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlar shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va O‘zbekiston bozorida haqiqatan nima ishlashini aytib beradi.
Real keyslar
Spikerlarni bitta tamoyil asosida tanlaymiz: chiqish foydali bo‘lishi kerak. Sizni raqamlar va xulosalar bilan loyihalar tahlili kutmoqda — ularni darhol o‘z ishingizda qo‘llashingiz mumkin.
Networking
Butun marketing bozori bir joyda to‘planadi: brendlar, agentliklar, pudratchilar va hamkasblar. Bu yerda yangi mijozlar va hamkorlar topish, foydali tanishuvlar orttirish oson.
Markaziy Osiyodagi eng yirik marketing forumida ishtirok eting!
Ishtirokchi chiptasiga nimalar kiradi?
- Biznes dastur: 6 ta seksiyada 50+ spikerning chiqishlari
- Eng yaxshi marketologlar va kompaniyalarni taqdirlash marosimi
- Cheksiz networking imkoniyatlari, keytering va hamkorlarning aktivliklari
- Tadbir yakunlari bo‘yicha spikerlarning taqdimotlari
- Spikerlar chiqishlarining videoyozuvlari
- Forum ishtirokchisining elektron sertifikati
AZIMUT Grand Hotel Tashkent
Tashkent Marketing Forum 2027 seksiyalari
Marketing Research & Consumer Insights
Marketing Research & Consumer Insights
Iste’molchilar xulq-atvori qanday o‘zgarayotganini, mijozlar aslida nimani xohlashini va tadqiqotlar kompaniyalarga o‘sish uchun yangi imkoniyatlar topishda qanday yordam berishini bilib oling. Real ma’lumotlar, kutilmagan insaytlar va samarali marketing qarorlarini qabul qilish uchun vositalar.
Marketing Strategy & Business Growth
Marketing Strategy & Business Growth
Biznesni o‘sishga olib boradigan strategiyalarni qanday yaratish, yangi bozorlarni topish va raqobatchilardan o‘zib ketish mumkin? Kompaniyalarning amaliy keyslari, xalqaro ekspertlar tajribasi va o‘z biznesingizda qo‘llash mumkin bo‘lgan yechimlar.
Digital Marketing
Digital Marketing
Bugun qaysi digital vositalar haqiqatan ishlaydi va raqamli kanallar orqali qanday qilib ko‘proq mijoz jalb qilish mumkin? Trendlar, muvaffaqiyatli keyslar, SMM, performance marketing, e-commerce va targ‘ibotga yangi yondashuvlar.
Banking Marketing
Banking Marketing
Banklar yangi mijozlarni qanday jalb qiladi, ishonchni qanday shakllantiradi va iste’molchilar e’tibori uchun qanday raqobatlashadi? Moliya sektorining eng yaxshi marketing amaliyotlari, mijoz tajribasi va bank xizmatlarini targ‘ib qilishning samarali strategiyalari.
AI & Future of Marketing
AI & Future of Marketing
Sun’iy intellekt bugunning o‘zida marketingni qanday o‘zgartirmoqda va biznes uchun qanday imkoniyatlar ochmoqda? Generativ AI, avtomatlashtirish, personalizatsiya hamda tezroq va samaraliroq ishlashga yordam beradigan real vositalar.
Fintech Marketing
Fintech Marketing
Moliyaviy texnologiyalarni qanday targ‘ib qilish va raqamli muhitda foydalanuvchilar ishonchini qozonish mumkin? Fintex kompaniyalarining muvaffaqiyatli keyslari, mijozlarni jalb qilish va ushlab qolish strategiyalari hamda raqamli moliyaviy xizmatlarning kelajagi.
Tashkent Marketing Awards 2027
Tashkent Marketing Awards yillik mukofoti bilan assotsiatsiya ekspertlari fikriga ko‘ra eng muvaffaqiyatli kompaniyalar va TOP-50 marketolog taqdirlanadi.
Mukofotlar samaradorlik, innovatsiyalar va O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishga qo‘shilgan hissani rag‘batlantirishga qaratilgan.
Bu yil marosim doirasida ilk bor 2026–2027-yillarda assotsiatsiya verifikatsiyasidan o‘tgan agentliklarga Obro‘ ishonchliligi sertifikatlari topshiriladi.
Tashkent Marketing Forum 2027 kuratorlari

Aziz Bo‘riyev
DE FACTO Marketing marketing agentligining direktori. ESOMAR xalqaro uyushmasining a’zosi, Marketing Research seksiyasining kuratori

Igor Kim
Wunder digital O‘zbekiston'da CEO, Digital Marketing seksiyasining kuratori

Denis Roman
“We Digital” agentligining boshqaruvchi hamkori. AI marketing/IT seksiyasining kuratori

Otabek Sharapov
“605 Agency” CEO, konferensiya kuratori
Forum tashkiliy qo‘mitasi

Diyor Mirzaahmedov
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

Malika Usmonova
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ijrochi direktori

Farida Umirova
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari

Odina Umirova
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi loyiha menejeri

Shaxriyor Xodjiyev
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi loyiha menejeri

Gulnoza Akmalova
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi loyiha menejeri

Andrey Rogachev
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi dizayneri

Ogabek Baxodirov
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi loyiha menejeri

Amir Usmanov
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi digital mutaxassisi

Nargila Ibragimova
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi





































